20 mar 18:56
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik bokschi Kamshibek Konkabaevga qarshi ringga ko'tariladi
Qozog'istonlik bokschi Kamshibek Konkabaev (4-0) navbatdagi jangini 25 mart kuni Almatida o'zbekistonlik bokschiga qarshi o'tkazadi.
O'sha kuni u Janubiy Afrika Respublikasi vakili Jonni Millerga qarshi ringga ko'tarilishi lozim edi. Ammo afrikalik bokschi jarohat oldi. SHu sababli Konkabaevga tezkorlik bilan boshqa raqib topildi.
Endi Konkabaevga qarshi o'zbekistonlik Farrux Jo'raev (6-5-1) jang qiladi. Jo'raev so'nggi marotaba noyabr oyida qozog'istonlik boshqa bokschi - Bekzad Nurdauletovga qarshi ringga ko'tarilgan va ochkolar evaziga yutqazgan.
Havola :
Manba : sports.kz
Fikrlar