27 fev 23:22
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik bokschi: Menga bu yil chempionlik jangi kerak
Professional bokschimiz Azizbek Abdug'ofurov shu yili chempionlik jangida ishtirok etishni niyat qilgan.
Bu haqida u Tvitterdagi sahifasi orqali malum qildi.
"Menga bu yil chempionlik jangi kerak" deya mashg'ulot jarayoni aks etgan videoni joylashtirdi Abdug'ofurov.
Malumot uchun, Abdug'ofurov ayni paytda WBC yo'nalishi ikkinchi o'rta vazn toifasida reytingning ikkinchi o'rnini band etgan. Ushbu yo'nalishda chempionlik kamari hozirda David Benavidesga tegishli.
Avvalroq, Azizbek navbatdagi jangini aprel oyida Angliyada o'tkazishi haqida malum qilingandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar