02 dek 09:56
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik bokschi Moskvada chempionlik kamari uchun ringga chiqadi
30 dekabr kuni Troickda (Yangi Moskva) professional boks kechasi tashkil etiladi.
Etiborlisi, boks oqshomining markaziy jangi hamyurtimiz Ulug'bek Haqberdiev ishtirokida bo'lib o'tadi. 25 yoshli Ulug'bek 37 yashar Med Sebaylaga qarshi ringga ko'tariladi. G'olib bokschi ikkinchi o'rta vazn toifasida WBA Asia (Osiyo chempioni) kamarini qo'lga kiritadi.
Malumot uchun, Ulug'bek Haqberdiev o'zining hozircha
so'nggisi bo'lib turgan jangini ham Troickda o'tkazgandi. O'shanda charm qo'lqop
ustamiz oltinchi raundda jahon chempionlik kamari uchun sobiq davogar rossiyalik
Dmitriy Suxotskiyni texnik nokautga uchratgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar