12 fev 12:19
Yangiliklar
Boks/MMA

O'zbekistonlik bokschilar Bolgariyadagi musobaqada ishtirok etadilar
13-20 fevral kunlari Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida boks bo'yicha 70-ananaviy "Strandja" turniri bo'lib o'tadi.
Musobaqada jahonning 42 mamlakatidan 350 nafarga yaqin charm qo'lqop ustasi ishtirok etadi. SHu jumladan, O'zbekiston terma jamoasi azolari ham bahslarda sovrinli o'rinlar uchun kurash olib boradilar, deb xabar qilmoqdaMOQ matbuot xizmati.
Terma jamoamiz turnirda quyidagi tarkibda ishtirok etadi:
-52 kg: Xudoynazar Fayzov
-56 kg: Abdulhay SHorahmatov
-56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-60 kg: SHunqor Abdurasulov
-64 kg: Aliyor Noraliev
-69 kg: Bobo-Usmon Boturov
-75 kg: Fanat Qahramonov
-81 kg: Xurshid Abdullaev
-91 kg: Sanjar Tursunov.
Murabbiylar:
Ilyos Rahimjonov
Bahodir Erkaev
SHuningdek, Alisher Polvonov musobaqada hakam sifatida faoliyat olib boradi.
Havola :
Fikrlar