05 jan 13:48
Yangiliklar
Futbol
O'zbekistonlik futbolchi Koreyaning 7 karra chempioni va OCHL-2010 g'olibi bilan shartnoma tuzdi
O'zbekistonlik yarim himoyachi Ikrom Aliboev faoliyatini yana Koreya Respublikasida davom ettiradi.
Dekabr oyida "Kanvon" bilan xayrlashgan Aliboev "Seongnam" klubi bilan shartnoma tuzdi.
Malumot uchun, "Seongnam" 7 karra mamlakat chempioni, 3 karra kubok sohibi, 3 karra liga kubogi sohibi, 1 karra Superkubok sohibi va 1 karra Prezident kubogi sohibi hisoblanadi. Mazkur klub 1995 yilda Osiyo chempionlar kubogi, 2010 yilda esa Osiyo chempionlar ligasida g'olib chiqqan. 2010 yil o'tkazilgan Klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida to'rtinchi o'rinni egallagan.
Eslatib o'tamiz, bunga qadar "Seongnam" klubida o'zbekistonlik Server Jeparov va Jamshid Iskanderov to'p tepgan.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar