So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

27 iyu 13:04
Yangiliklar

Qilichbozlik

O'zbekistonlik hakam – Jahon arenalarida adolat va mohirlik timsoli!

Teglar :  Dilorom Turdikulova
Ayni kunlarda Gruziya poytaxti Tbilisida qilichbozlik bo'yicha kattalar o'rtasidagi jahon chempionati davom etmoqda.

Dunyoning eng kuchli rapira, sablya va shpaga ustalari bilan bir qatorda, O'zbekiston Milliy terma jamoasi azolari ham ushbu yirik musobaqada munosib ishtirok etmoqda.

Aytish joizki, ushbu nufuzli chempionatda yurtimiz faxri – xalqaro toifadagi hakam Dilorom Turdikulova eng hal qiluvchi final janglariga “Top referilar” tarkibida hakamlik qilmoqda. Bu – nafaqat yuksak ishonch, balki O'zbekiston sport hakamchiligining xalqaro etirof etilganining yaqqol ifodasidir.

Sportda adolat – muvaffaqiyatning yuragi

O'zbekiston – halollik va mahorat bilan tanilgan yurtdir. Dilorom Turdikulova nafaqat jahon chempionatida, balki bundan avval Balidagi Osiyo chempionati, qator Jahon kubogi bellashuvlari hamda Gran-Pri musobaqalarida ham o'zining xolisligi, professionalligi va fidoyiligi bilan alohida ajralib turadi.

Aynan shunday masuliyatli faoliyati evaziga u Parij-2024 Olimpiadasida Osiyo qitasidan saralangan ayol hakam sifatida ishtirok etish sharafiga muyassar bo'ldi.

Bu — bir insonning mehnati orqasida qanday cho'qqilar zabt etilishini yaqqol isbotidir. Dilorom Turdikulovaning xalqaro sport maydonidagi ishonchli, halol va ilhomlantiruvchi faoliyati, ayniqsa uning o'zbekona qadriyatlarga amal qilib, qo'llari ko'ksida, avvalo tazim qilib chiqishlari nafaqat sportchilarimiz, balki yosh avlod, ayniqsa ayol-qizlar uchun ham namunadir.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing