11 iyu 08:53
Yangiliklar
Boks/MMA
O'zbekistonlik MMA jangchisi: "Eng katta motivaciya bu - yirtiq oyoq kiyim va och qorin"
Og'ir vazn toifasida o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Umar Olimjonov 8 iyun kuni Xitoyda jang qildi.
U "WKG&M-1 MMA Fight" musobaqasi doirasida qozog'istonlik Sultanbay Erbolga qarshi jang qilib, nokaut orqali g'alabaga erishdi. Jangdan so'ng Umar Olimjonovning so'zlari ko'pchilikning etiborini tortdi.
"Eng katta motivaciya — bu yirtiq oyoq kiyim va och qorin. Erbol, og'ayni, meni to'g'ri tushun. Mening qornim och. Men pul topishim kerak. Meni pullarim kutyapti. Umar qiyinchilikda toblangan mushtlari bilan yo'lga chiqdi. Allohning izni bilan u raqiblarini "mayib" qiladi", dedi Olimjonov.
Malumot uchun, kuni kecha Umar Olimjonov o'zining to'rtinchi jangini o'tkazdi. U barcha janglarida raqiblaridan ustun kelgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar