21 may 15:41
Yangiliklar

O'zbekistonlik sportchi Konor MakGregorga "vyzov" tashladi
"Konor MakGregor, sen jahondagi eng kuchli jangchisan. Sen mening kumirimsan. Men ko'plab janglarimda g'alaba qozonganman. Jurnalistlarga bergan intervyularimdan birida menga qiziqarli savol berishgandi: "Agar senda jahonning mashhur sportchilaridan biri bilan jang qilish imkoni bo'lsa kimni tanlarding?
Men o'shanda sen bilan jang qilishni istashimni aytganman. Videoni ko'rgan barcha kulgandi. O'shanda mening jahlim chiqqandi. Men faqat o'z orzuim haqida gapirgandim. Men Xudodan senga qarshi jang qilishni so'rayman. Menga imkoniyat ber. Vada beramanki, xuddi nomalum jahon chempioni Rokki Balboa Appolo Kridni mag'lub etgandek g'alaba qozona olaman. Men o'sha videoni bolaligimdan tomosha qilib kelaman", - deb ingliz tilida xabar qoldirgan Muhammad Ali Instagramdagi sahifasida.
Fikrlar