So’nggi yangiliklar

09:46Лайлохон Собирова Осиё чемпиони! Яна икки курашчи қизларимиз ҳам шоҳсупада! (+ФОТО) 0 09:17Усик — Верхувен жанги статистикаси эълон қилинди 0 08:53Португалияда сенсация: Иккинчи дивизион вакили Кубок финалида "Спортинг"ни мағлуб этди! 0 08:28Тарихий натижа! Юнон-рум курашчиларимиз 7 та медаль билан Осиё чемпионатида биринчи бўлишди 0 08:01Ислам Махачев UFC’даги навбатдаги жанги санасини тасдиқлади 0 19:03"Жон деб". Рико Верхувен Усик билан реванш истагини билдирди 0 18:39"Челси" ва "Милан" 41 ёшли Тьяго Силвани қайтармоқчи 0 18:18"Давом этиш керак эди". Жошуа Усик — Верхувен жанги ҳақида фикр билдирди 0 17:54"Жон Жонс — ММА оламидаги Майкл Жордан" - Дана Уайт 0 17:26Сауль Альварес Усикнинг баҳсли ғалабаси ҳақида фикр билдирди 0 17:02Хаби Алонсо "Челси"га "Манчестер Сити" ярим ҳимоячисини олиб келиши мумкин 0 16:43Таэквондо терма жамоамиз Осиё чемпионатини 11 та медаль билан якунлашди 0 16:17Рико Верхувен Усик билан жанг бўйича расмий шикоят берди 0 15:43Бокс ҳамжамияти Усик - Верхувен жанги натижасига муносабат билдирди 0 15:16Пеп "Ман Сити"дан кетиши ҳақида: "Мен дам олишга лойиқман" 0

08 avg 09:09
Yangiliklar

Tennis

O'zbekistonlik tennischilar Roland Garros Junior Series yarim finalida: Zinatulin va Abdullaev asosiy musobaqa yo'llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda

Markaziy va G'arbiy Osiyoning eng kuchli yosh tennischilari Olma-Otada (Qozog'iston) tennis bo'yicha U-16 yosh toifasidagi Roland Garros Junior Series by Renault musobaqasining saralash bosqichida bellashmoqda.

CHorak final o'yinlari yakuniga ko'ra, o'zbekistonlik ikki tennischi Alan Zinatulin va Akmal Abdullaev yarim finalga chiqishdi.

O'g'il bolalar:

•  Alan Zinatulin Rodion Traygelga (Qozog'iston) qarshi o'yinda ishonchli g'alabaga erishdi — 6:3, 6:3. U keyingi bosqichda Mansur Sainov (Qozog'iston) bilan bahslashadi.

•  Akmal Abdullaev esa o'zbekistonlik boshqa bir raketka ustasi Mahmudbek Beknazarovni engdi — 3:6, 6:2, 6:0. U final yo'llanmasi uchun Ansar Nietkaliev (Qozog'iston) bilan raqobatlashadi.

Qizlar:

Ayollar o'rtasidagi bahslarda O'zbekiston sharafini Keyra Kim himoya qildi va chorak finalga qadar etib borib, qozog'istonlik Adiya Omarbekka imkoniyatni boy berdi — 2:6, 4:6. O'smirlar tennisining yangi yulduzi endi beshinchi o'rin uchun kurashni davom ettiradi.

Saralash bosqichining final o'yinlari 9 avgust kuni bo'lib o'tadi. Turnir g'oliblari 2025 yil oktyabr oyida Yaponiyada bo'lib o'tadigan Roland Garros Junior Series final bosqichiga yo'l oladi. U erdagi g'oliblar esa Parijga – Roland Garros Junior Series 2026 musobaqasiga yo'llanma oladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing