07 iyu 12:32
Yangiliklar
Futbol

O'zbekistonning 17 klubi OFK licenziyasini qo'lga kiritdi, ammo...
OFK 2025/26 yilgi mavsum uchun licenziyani qo'lga kiritgan klublarni elon qildi.
Unga ko'ra, O'zbekistonning OKMK, "Andijon", "Buxoro", "Dinamo", "Bunyodkor", "Mashal", "Nasaf", "Xorazm", "Qo'qon-1912", "Navbahor", "Neftchi", "Paxtakor", "Lokomotiv", "So'g'diyona", "Qizilqum", "SHo'rtan" va "Surxon" klublari OFK licenziyasini qo'lga kiritdi.
Malumot uchun, OFK licenziyasini olmagan klub 2026 yilgi mavsum Superligada ishtirok eta olmaydi.
Pro Ligadan esa faqat "Lokomotiv" licenziyani olgani bois bu yil faqat "temiryo'lchilar" Superligaga chiqish huquqiga ega.
Eslatib o'tamiz, o'tgan yil "Aral" OFK licenziyasini ololmagani bois jadvalda undan pastroqda bo'lgan "Xorazm" Superligaga chiqqandi.
Havola :
Manba : the-afc.com
Fikrlar