So’nggi yangiliklar

19:46Маддалена Пратесга қарши! UFC Australia турнири иштирокчилари вазн ўлчаш маросимидан ўтишди 0 19:02"Бавария" 8 нафар футболчисини трансферга қўйди 0 18:39Мераб Двалишвили Пётр Янга қарши учинчи жангни қачон ўтказмоқчи эканини айтди 0 18:18Хамзат Чимаев Хабибнинг ашаддий рақиби уни ММА жангчиси бўлишга илҳомлантирганини айтди 0 17:56"Бу жангдан маъно йўқ". Двалишвили нима учун Царукян билан жангга рад жавобини берганини айтди 0 17:35Расман: "Манчестер Юнайтед" ярим ҳимоячиси билан янги шартнома тузди 0 17:14Чарльз Оливейра UFC билан янги шартнома имзолади 0 16:53Наманганда “Саломатлик сари 10 000 қадам” марафонига старт берилди 0 16:32Дмитрий Бивол келажак режалари ҳақида гапирди 0 16:11Sky Sports: "Атлетико" Альваресни 150 миллион еврога баҳолаган 0 15:50Сауль Альварес Ар-Риёдда кутилмаган рақибга қарши рингга кўтарилади + ФОТО 0 15:29TePe Sigeman 2026 турнири бошланяпти. Унда Абдусатторов ва Магнус Карлсен ҳам иштирок этади 0 15:08Шавкат Раҳмоновнинг октагонга қайтиши ҳақида хабар берилди 0 14:47Daily Mail АПЛ мавсумининг энг ёмон 10 та трансферини аниқлади 0 14:26Арман Царукяннинг рақиби маълум - Тони Фергюсон! (+ПОСТЕР) 0

15 iyu 18:01
Yangiliklar

Qilichbozlik

O'zbekistonning “bosh mushketyori” - Sobir Ro'zievni tabriklaymiz

Bugun qilichbozlik bo'yicha Olimpiya o'yinlarida sovrindor bo'lgan Sobir Ro'ziev o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Fursatdan foydalanib, Sobir akani www.olamsport.com sayti xodimlari va muxlislari nomidan tabriklaymiz. 

Bugungi kun munosabati bilan Sobir Ro'ziev haqidagi maqolamizni etiboringizga havola qilamiz.


Qilichbozlik sport turida Olimpiadaning kumush medali sovrindori, uch karra jahon va Evropa chempioni, ikki karra nufuzli Jovanini Kubogi sohibi bo'lgan o'zbekistonlik sportchi haqida malumotga egamisiz?

Quyida biz sizlarni o'zbek qilichbozligi asoschilaridan biri bo'lgan afsonaviy sportchimiz bilan yaqindan tanishtiramiz. Tom manoda qahramonimizga O'zbekistonning “bosh mushketyori” tarifini bersak, har tomonlama o'rinli bo'lsa kerak. 

Sobir Ro'ziev - 1953 yilning 15 iyun kuni dunyoga kelgan. Aqlini tanigandan beri aksariyat bolalar singari futbol bilan oshno tutingan. Millionlar o'yiniga bo'lgan qiziqish uni “Paxtakor” stadioniga boshlab borgan. Bolalik yillarini u shunday eslaydi:

“Maktab yillaridayoq sportga mehr qo'ydim. Ochig'ini aytaman, maktabdagi taxsilga qaraganda ko'proq vaqtimni sportga, xususan futbolga ajratardim. Mashhur futbolchi bo'lish istagi meni “Paxtakor” stadioniga boshlab borgandi. O'sha paytlarda bir yilda ikki marotaba “Paxtakor” tayyorlov guruhiga qabul jarayoni bo'lardi. Lekin har safar murabbiylar qabul masalasida menga rad javobini berishardi. SHunga qaramay, bo'sh vaqtim maydon atrofida o'tar edi. Darvoza ortida turib, maydon tashqarisiga chiqib ketgan to'plarni olib kelardim”.   

Sobir Ro'zievga futbolchi bo'lish nasib etmadi. Lekin taqdir uni boshqa tomondan siyladi. U qilichbozlik sporti olamidagi mashhur shaxsga aylandi. Albatta, bunga osonlikcha erishmadi. Tinimsiz mehnat, o'z ustida ishlashdan to'xtab qolmaslik, intilish, matonat kabi xislatlar uni O'zbekiston va uning tashqarisida mashhur qildi. 

“Taqdir 14 yoshimda meni qilichbozlik sport turi bo'yicha yosh istedodli murabbiy Kseniya Tojieva bilan uchrashtirdi. Kseniya Arkadevna hozirgi Sankt-Peterburg jismoniy tarbiya institutini tamomlab, Toshkentga malaka oshirish uchun kelgan ekan. U istedodli bolalarni tanlab olish maqsadida men taxsil olayotgan maktabga ham keladi. Sportga qiziqishim yuqoriligini bilgan jismoniy tarbiya o'qituvchim esa shuncha bolalar orasidan aynan meni Kseniya Arkadevnaga tavsiya qiladi. Bu erda chapaqay ekanligim ham qo'l kelgan. CHapaqay bo'lish ayniqsa, qilichbozlikda sportchiga katta ustunlik taqdim etadi”, - dedi Ro'ziev.  

Xullas, yosh Sobir o'qiydigan maktabdan jami 20 nafar bola qilichbozlik to'garagiga qabul qilinadi. Ammo, oradan uch kun o'tib bolalarning teng yarmi mashg'ulot zalini tark etgan. Vaqt o'tishi bilan ulardan uch nafari professional tarzda qilichbozlik bilan shug'ullanishni davom ettirdi. Faqat Sobir Ro'zievgagina terma jamoa darajasidagi sportchi bo'lish nasib qildi. 

“Qilichbozlik bu shunchaki qo'lni qimirlatib, qilich o'ynatish emas. Sportchi mashg'ulotda yaxshigina kuch sarflaydi. Mashg'ulotdan keyin esa mushaklar chunonam og'riy boshlaydi-ki, buni faqat qilichbozlar bilishadi. Ko'pchlik qilichbozlikni oddiy, sodda va oson sport turi deb biladi. Aslida unday emas”, - deya so'zida davom etdi qahramonimiz. 

Yosh Ro'ziev ilk yutug'iga 1966 yili “Samarqand yuduzlari” turnirida erishdi. U o'sha musobaqada barcha raqiblaridan ustun kelib, shoxsupaning eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi. SHundan so'ng uning faoliyatida keskin yuqorilash kuzatildi. Ichki va xalqaro musobaqalardagi muvaffaqiyatli ishtiroki sobiq Ittifoq terma jamoasi murabbiylari etiborini o'ziga jalb etmay qolmadi. 

“Muvaffaqiyatlarimda ikkinchi murabbiyim Iosif Mirkinning xizmati beqiyos. Bu mutaxassisdan ko'p narsa o'rgandim. Doimiy ravishda sobiq Ittifoq terma jamoasiga nomzodlarning kuchli o'ntaligida yurdim”, - deydi Ro'ziev.  

Sobir Ro'ziev 1972 yili sobiq SSSR o'smirlar terma jamoasi tarkibida Ispaniya poytaxti Madrid shahrida o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Bu musobaqani u hech qachon esidan chiqarmaydi. Boisi, Sobirjon jamoaviy bahslarda oltin medalni qo'lga kiritgan, shaxsiy bahslarda kuchli to'rtlikdan joy egallagandi. Medallardan biriga ilinish uchun esa ozgina etmay qolgandi. U bronza uchun kechgan bahsda franciyalik sportchiga alamli tarzda imkoniyatni boy berib qo'ygan. Uchrashuv yakunlanishiga bir necha soniya vaqt qolganida ham 4:1 hisobida oldinda borgan Ro'ziev yakunda raqibiga yutqazib qo'yadi. Madriddagi jahon chempionatida Xalqaro olimpiya qo'mitasining hozirgi prezidenti Tomas Bax, xalqaro qilichbozlik federaciyasi prezidenti Alisher Usmonov, Belarus sporti afsonasi Aleksandr Romankov singari keyinchalik mashhurlik darajasiga erishganlar ishtirok etgan. 1974 yilda Ro'ziev sobiq SSSR kattalar terma jamoasiga qabul qilindi va 1983 yilga qadar uning to'laqonli azosi sifatida faoliyat olib bordi. 

Sobir Ro'zievning xalqaro maydondagi asosiy yutuqlariga o'tamiz. U 1980 yili Moskvada o'tgan XX Yozgi olimpiya o'yinlarining jamoaviy bahslarida kumush medalni qo'lga kiritgan. 1979 yili Melburn, 1981 yili Klermon-Ferran shaharlarida o'tkazilgan jahon chempionatining jamoaviy rapira bahslarida oltin medalga sazovor bo'lgan. 1975 yilda Vengriyaning Budapesht shahri mezbonlik qilgan dunyo birinchiligida kumush medalga ega chiqqan. 1977 yili Argentinaning Buenos-Ayres shahrida bo'lib o'tgan jahon chempionatidan esa bronza medali bilan qaytgan. 

Sobir Ro'zievning qilichbozlikdagi ko'p yillik mehnatlari xalqaro etirofga ham sazovor bo'lgan. U Xalqaro olimpiya qo'mitasi, Osiyo olimpiya qo'mitasi hamda Milliy Olimpiya qo'mitalari Associaciyasi ordenlari bilan mukofotlangan. U turli yillarda O'zbekiston sport vaziri, Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti lavozimlarida ishlagan. Uzoq muddat O'zbekiston qilichbozlik federaciyasini boshqargan. 2016 yilning 24 oktyabr kuni Osiyo qilichbozlik Konfederaciyasi vice-prezidentligiga qayta saylangan. 

Bugungi kunda Sobir Ro'ziev nafaqada. Bugun 67 yoshga to'lgan qahramonizning boy tajribasi, xalqaro doiralardagi mavqeyidan foydalanib qolish kerak. U Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax, Xalqaro qilichbozlik federaciyasi prezidenti Alisher Usmonov bilan juda yaxshi munosabatda. Bunday mavqeyga ega o'zbekistonlik funkcionerlar esa barmoq bilan sanarli darajada. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing