08 jan 07:17
Yangiliklar
Tennis
O'zbekistonning uchinchi raketkasi reytingi yo'q tennischiga yutqazdi
Tunisning Monastir shahrida tennis bo'yicha M25 toifasiga kiruvchi turnir bo'lib o'tmoqda.
Mamlakatimizning uchinchi raketkasi Maksim SHin ham ushbu musobaqada o'z omadini sinab ko'rdi. Hamyurtimiz ilk davradayoq mag'lubiyat alamini totib ko'rdi. Maksim 68 daqiqa davom etgan bahsda shveciyalik Oliver Yoxanssonga deyarli qarshiliksiz mag'lub bo'ldi - 1/6, 3/6.
Taqqoslash uchun, Maksim SHin ATP reytingida 981-pog'onadan joy olgan bo'lsa, Oliver hali reytingga kiritilmagan.

Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar