So’nggi yangiliklar

18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0

21 apr 07:32
Yangiliklar

Futbol

"O'zbekneftgaz" futbol klublarini moliyalashtirishni butkul to'xtatdi. Tashkilot Rivaldo oldidagi qarzlarni ham to'lamaydi

"O'zbekneftgaz" davlat neft-gaz kompaniyasi 1 yanvardan futbol klublarini moliyalashtirishni to'xtatdi.

Bu haqda 20 aprel kuni bo'lib o'tgan matbuot anjumanida kompaniya boshqaruvi raisining birinchi o'rinbosari Suhrob Hamroev malum qildi, deb xabar bermoqda Gazeta.Uz muxbiri.

Mutaxassisning takidlashicha, klublarni moliyalashtirishni to'xtatish jarayoni bosqichma-bosqich emas, balki birdaniga amalga oshirilgan. Bunga qadar kompaniya tomonidan "Nasaf", "Buxoro", "Bunyodkor", shuningdek, tizim korxonalari orqali "Mashal" va "SHo'rtan" jamoalarini saqlab turish uchun yiliga o'rtacha 200–300 milliard so'm homiylik mablag'lari yo'naltirib kelingan.

SHuningdek, anjuman davomida "Bunyodkor" jamoasida to'p tepgan braziliyalik sobiq futbolchi Rivaldo oldidagi 9,2 million evro miqdoridagi qarzdorlik masalasiga ham to'xtalib o'tildi. Suhrob Hamroev ushbu qarzni uzish "O'zbekneftgaz"ning emas, balki bevosita klubning majburiyati hisoblanishini bildirib o'tdi.

Endilikda mamlakatimizda futbol klublarini moliyalashtirishning yangi modeli joriy etilmoqda. Unga ko'ra, Superligada ishtirok etayotgan klublarni qo'llab-quvvatlash maqsadida davlat tomonidan alohida jamg'arma tashkil etilib, 2026 yilda har bir jamoaga 35 milliard so'mdan mablag' ajratiladi.

Bundan tashqari, klublar uchun daromad solig'i bekor qilinib, ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanadi hamda jamoalarni xususiylashtirmoqchi bo'lgan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar taqdim etiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing