13 avg 11:04
Yangiliklar
O'zDJTSU 65 yoshda: Ko'zguda – boks, taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi
Biz tanishtirmoqchi bo'lgan navbatdagi “Boks, taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi ham 1958 yil faoliyatini yo'lga qo'ydi. Kafedra tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, o'sha paytda kafedra boks, kurash va og'ir atletika sport turlari bo'yicha ish boshlagan. 2008 yilga kelib boks, taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi deb nomlandi. Kafedrada dastlab YU. Sirotkin mudirlik vazifasini bajargan.
Keyinchalik turli yillarda pedagogika fanlari doktori va professor ilmiy darajasiga ega bo'lgan SH. Abdullaev, G. Abdurasulov, V. Alekseenko, SH. Zokirov, Z. Qosimbekov, A. Rafikova, I. Sadriddinov, M.Siddiqov, F. Turdiev, V. SHin, A. Qodirov, R. Maksumov, X. Muxammedov, B. Nazarov, T. Po'latov, I. SHansematov, A. SHelyagen, K. Tojieva, O. Zaburnyagin, L. Efremova, P. Kutelnas, V.Mixaylov, E. Sokolova, N. Fetisova, R. Sultanbekov, I.Dergachlar kafedrada faoliyat ko'rsatishgan.
2017 yildan boshlab pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) G'ulomjon Qurbonboevich Rajabov kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Kafedra Yakkakurash sport turlari fakultetining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Hozirda kafedrada professor-o'qituvchilardan – professor R. D. Xolmuxamedov, professor Pek Mung Jong, fan nomzodi A. Abdullaev, katta o'qituvchilardan A. Ibragimov, Q. Umarov, D. Qalandarov, SH. Nuritdinova, R. Abduhamidov, YU. Serebryakovlar, o'qituvchilardan V. Anashov, SH. Karimov, Q. Abdullaev, B. Rahmatov, S. Usmonxo'jaev L. Mamurovalar 408 nafar kunduzgi, 316 nafar sirtqi hamda 96 nafar maxsus sirtqi yo'nalishlarda tahsil olayotgan talabalarga dars berishadi. Maruzalar o'qish vaamaliy mashg'ulotlar o'tkazish jarayonida kafedrada ishlab chiqilgan darsliklar, o'quv va uslubiy qo'llanmalar nafaqat universitetning o'zida, balki boshqa pedagogik talim muassasalarining jismoniy tarbiya fakultetlarida talim oladigan talabalar ham foydalanib kelishmoqda. Uslubiy ishlar bo'yicha professor-o'qituvchilar tomonidan bir qator adabiyotlar nashr etilgan.
Barcha kafedralarda bo'lgani singari mazkur kafedra hamO'zbekiston boks federaciyasi, O'zbekiston taekvondo WT associaciyasi, O'zbekiston qilichbozlik federaciyalari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, bolalar-o'smirlar sport maktablari bilan hamkorlikni mustahkamlagan. Hamkorlikda ochiq darslar, nomdor sportchilar ishtirokida master-klasslar o'tilishi odat tusini olgan. SHuningdek, Janubiy Koreya davlati hamda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi jismoniy tarbiya institutlari turdosh kafedralari bilan doimiy hamkorlik qilib keladi.
Kafedra Osiyo va jahon chempionatlari, xalqaro turnirlar g'olib va sovrindorlarini, xalqaro toifadagi sport ustalari, davlat mukofoti sovrindorlari etishtirgani va bunga hissa qo'shgani bilan g'ururlanishga haqli.
Quyida esa nom qozongan mashhur sportchilar bilan tanishishingiz mumkin.
Rufat Risqiev – to'rt karra sobiq ittifoq chempioni, jahon chempioni, “O'zbekistonRespublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” unvoni sohibi.
Rustam Saidov – 2000 yil Sidney olimpiadasi bronza medali sohibi, jahon chempionati bronza medali sohibi, ikki karra Osiyo o'yinlari g'olibi, “O'zbekiston iftixori”, “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” unvonlari sohibi.
SHahobiddin Zoirov – 2016 yil Rio-de-Janeyroda o'tkazilgan Olimpiadada boks bo'yicha oltin medal sohibi, “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi.
Fazliddin G'oibnazarov – 2016 yil Rio-de-Janeyroda o'tkazilgan Olimpiada o'yinlarida boks bo'yicha oltin medal sohibi, boks bo'yicha jahon chempionatida kumush medalni qo'lga kiritgan, “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
SHahram G'iyosov – 2016 yil Rio-de-Janeyroda o'tgan olimpiya o'yinlarida boks bo'yicha kumush medal sohibi, jahon chempionati kumush medal egasi, 2017 yilda “Osiyoning eng yaxshi bokschisi” nominaciyasi g'olibi, “O'zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi.
Murodjon Ahmadaliev – 2016 yil Rio-de-Janeyroda o'tgan Olimpidada boks bo'yicha bronza medali sohibi, jahon chempionati bronza medalini qo'lga kiritgan.
Rustam To'laganov – 2016 yil Rio-de-Janeyroda o'tkazilgan Olimpiada o'yinlarida boks bo'yicha bronza medali sohibi,Osiyo chempionati bronza medalini qo'lga kiritgan.
Isroil Madrimov – 2014 yil Incheonda o'tgan Osiyo o'yinlarida boks bo'yicha kumush medal sohibi, 2016 yil Rossiyada o'tkazilgan jahon kubogida oltin medal, 2017 yil Tailandda bo'lib o'tgan Osiyo chempionatida oltin medal, 2018 yilJakartada o'tgan Osiyo o'yinlarining oltin medali sohibi, boks bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi.
Bahodir Jalolov – boks bo'yicha 2015 yilgi jahon chempionati bronza medali sohibi, 2016 yil Rio-de-Janeyroda o'tgan Olimpiada o'yinlarida boks bo'yicha ishtirokchisi, 2017 yilda Osiyo chempioni, 2019 yil Sankt-Peterburgda o'tgan jahon chempionatida oltin medal sohibi.
SHunqor Abdurasulov – boks bo'yicha Sankt-Peterburg gubernatori kubogida oltin medal sohibi, o'smirlar o'rtasida jahon chempionati uchinchi o'rinni qo'lga kiritgan. 2018 yil Jakartada o'tgan Osiyo o'yinlarida kumush medaliga sazovor bo'lgan.
Akmal Ergashev – 2010 yil Guanjouda o'tgan Osiyo o'yinlarida taekvondo bo'yicha bronza medali, 2011 yil jahon chempionatida kumush medal sohibi, 2012 yilgi Olimpiada o'yinlari ishtirokchisi, xalqaro turnirlar g'olibi, “O'zbekiston respublikasida xizmat ko'rsatgan sportchi” faxriy unvoni sohibi.
Nikita Rafalovich – 2009 yil taekvondo bo'yicha Toshkentda o'tgan Osiyo chempionatida bronza, 2014 yilgi Osiyo o'yinlarida bronza (Incheon), 2016 yil Osiyo chempionati kumush (Manila), 2018 yil Osiyo chempionatida kumush, 2015 yil jahon chempionatida kumush ( CHelyabinsk) medallarni qo'lga kiritgan. Bir qator xalqaro turnirlar g'olib va sovrindori.
SHuningdek, Iordaniyaning Oman shahrida boks bo'yicha o'tgan Osiyo chempionatidatalabalardan Bahodir Jalolov, Sanjar Tursunov, Bobo-Usmon Baturov, Elnur Abduraimov, SHahobiddin Zoirov, qizlardan Tursunoy Rahimovalar Tokioda o'tadigan navbatdagi yozgi Olimpiada o'yinlariga yo'llanmani naqd qilishdi.
SHu o'rinda aytib o'tish kerak, qizlardan boks bo'yicha yagona yo'llanmani qo'lga kiritgan asli piskentlik bo'lgan Tursunoy Rahimova kafedra katta o'qituvchisi, boks bo'yicha tajribali murabbiy Qahhor Umarov qo'l ostida o'n yildan beri shug'ullanadi. Orzulari sari olg'a intilayotgan Tursunoy ayni damda ustozi Qaxxor aka qo'l ostida yakka tartibda mashg'ulotlarga zo'r bergan. Bugun Tursunoy ustozi Qahhor Umarovdan minnatdor. Olimp cho'qqisi sari ko'tarilishida ustozning mehnati alohida tahsinga loyiq.
Boks, taekvondo, qilichbozlik yo'nalishda tahsil olayotgan talabalarning 2019-2020 yilda erishgan natijalarini ham etirofga sazovor deyish mumkin. Boksdan milliy chempionat va kuboklarda 14 ta medal, Osiyo chempionatida 3 ta medal, jahon chempionatida 4 ta medal, taekvondo bo'yicha xalqaro turnirda 1 ta medal, respublika chempionatlarida 3 ta medal, qilichbozlik bo'yicha O'zbekiston chempionatlarida 14 ta medal, Markaziy Osiyo chempionatida 4 ta medal, Osiyo chempionatida 10 ta medal qo'lga kiritilgan.
Kafedrada nafaqat sport ishlari, balki manaviy-marifiy ishlarga ham etibor qaratilgan. Belgilangan rejaga muvofiq, barcha bayram sanalarida turli tadbirlarning o'tkazilishi,fan arboblari, shoir va yozuvchilar, jinoyatchilikni oldini olish bo'yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan davra suhbatlari o'tkazilishi odat tusini olgan.
G'ulomjon RAJABOV, Boks, taekvondo, qilichbozlik nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri:
– Talabalarimizning etarlicha bilim olishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo etilgan. Xususan, bizdagi uchta sport turi ham talabalarning mashg'ulotlarga zo'r berishlari uchun havas qilsa arziydigan boks majmuasi, qilichbozlik va taekvondo zallari to'liq jihozlangan. Maqsadimiz – mamlakatimiz sport sohasi uchun bilimli, mutaxassis-kadrlarnitayyorlash, qolaversa, talabalarimizning xalqaro sport maydonlarida, olimpiya o'yinlarida g'alabali yurishlarini ko'rish va mamlakatimiz, universitetimiz shanini munosib himoya qilishdan iborat.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz
Fikrlar