04 noy 12:37
        Yangiliklar	
	
				
				    Og'ir atletika			    
				
				
			
				Og'ir atletika bo'yicha Los-Anjeles-2028 Olimpiadasi uchun vazn toifalari tasdiqlandi
Xalqaro og'ir atletika federaciyasi Los-Anjeles Olimpiya o'yinlari uchun vazn toifalarini rasman belgilab berdi.
			Unga ko'ra, erkaklar va ayollar o'rtasidagi bellashuvlar jami 12 ta vazn toifasida tashkil etiladi.
Erkaklar:
65 kg, 75 kg, 85 kg, 95 kg, 110 kg va +110 kg.
Ayollar:
53 kg, 61 kg, 69 kg, 77 kg, 86 kg va +86 kg.
Ushbu Olimpiya vazn toifalari 2026 yil 1 avgustdan boshlab barcha IWF musobaqalarida qo'llaniladi.
Kattalar va o'smirlar o'rtasidagi musobaqalar uchun esa quyidagi vazn toifalari rasman tasdiqlandi:
Erkaklar: - 60 kg, 65 kg, 70 kg, 75 kg, 85 kg, 95 kg, 110 kg va +110 kg.
Ayollar: - 49 kg, 53 kg, 57 kg, 61 kg, 69 kg, 77 kg, 86 kg va +86 kg.
            Havola            :         
                    Manba                : insidethegames.biz
            
			
Fikrlar