04 noy 15:52
        Yangiliklar	
	
				
				    Sport kurashlari			    
				
				
			
				Olimpiya shaharchasida yunon-rum kurashi bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlandi
MOQ xabariga ko'ra, poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida yunon-rum kurashi bo'yicha kattalar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati start oldi.
			4-5 noyabr kunlariga belgilangan musobaqada mamlakatimizning 200 nafarga yaqin eng kuchli “klassik” kurash ustalari bahs olib borishadi.
Dasturga ko'ra, bugun chempionatning ochilish marosimi o'tkaziladi.
Ushbu musobaqa terma jamoa murabbiylar shtabiga yangi mavsum uchun asosiy va zaxira tarkib vakillarini ko'zdan kechirib olish imkonini taqdim qiladi.
            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
            
			
Fikrlar