04 noy 13:19
        Yangiliklar	
	
				
				    Tennis			    
				
				
			
				WTA Finals. Amanda Anisimova hamyurti Meddison Kizni taslim etdi
Dunyoning to'rtinchi raketkasi Amanda Anisimova Ar-Riyodda davom etayotgan WTA Yakuniy turnirining guruh bosqich ikkinchi tur uchrashuvini o'tkazdi. 
			Amerikalik tennischi WTA reytingining ettinchi pog'onasida borayotgan vatandoshi Medison Kiz ustidan irodali g'alabaga erishdi - 4/6, 6/3, 6/2. Bu hamyurtlarning o'zaro o'tkazgan ilk uchrashuvi bo'ldi.
Bir yuz bir daqiqa davom etgan bahsda Anisimova 2, Kiz 5 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Medisonda to'rt barobar ko'p bo'ldi - 12 ga 3. Ketma-ket ikki uchrashuvda yutqazgan Kiz guruhdan chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi.
Ikki uchrashuvda g'alaba qozongan qozog'istonlik Elena Ribakina muddatidan avval guruh g'olibi sifatida 1/2 finalga yo'l oldi. Ikkinchi yo'llanma so'nggi turda Amanda Anisimova va Iga Svyontek bahsida hal bo'ladi.

            Havola            :         
                    Manba                : gotennis
            
			
Fikrlar