04 noy 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA
WBC Rayan Garsiyaning janglarda ishtirok etish taqiqini olib tashladi
Butunjahon boks kengashi (WBC) amerikalik yarim o'rta vazn toifasi vakili Rayan Garsiyaga o'z bayrog'i ostidagi janglarda ishtirok etish taqiqini olib tashladi.
2024 yilning iyul oyida WBC amerikalik bokschini ijtimoiy tarmoqlardagi irqchilik va diniy bayonotlari tufayli reytingdan olib tashlagan edi.
"Mendan WBC taqiqi rasman olib tashlandi. WBC’ga o'zgarishlarga bo'lgan intilishimni ko'rib, shunday qarorga kelgani uchun minnatdorlik bildiraman. Men yashil kamar taqib, chempion sifatida ko'rinishga tayyorman", - deb yozdi Garsiya X ijtimoiy tarmog'ida.
Avvalroq Devin Xeyni Garsiya bilan sudlashishdan bosh tortgani malum bo'lgandi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar