04 noy 14:22
        Yangiliklar	
	
				
				    Boks/MMA			    
				
				
			
				"Menga hurmatsizlik qilma!" Ngannu - Jeyk Polning Devisni almashtirish taklifi haqida
Og'ir vaznda sobiq UFC chempioni, hozirda PFL jangchisi bo'lgan Frensis Ngannu bloger va bokschi Jeyk Polning taklifiga javob berdi. 
			Pol engil vaznda mag'lubiyatsiz kelayotgan WBA-Super chempioni Jervonta Devisga qarshi jangi bekor bo'lganidan keyin o'ziga yangi raqib izlashga tushdi. Og'ir vazn toifasi WBO reytingida 14-o'rinni egallab turgan Jeyk Pol kamerunlik 39 yoshli Ngannuga ham taklif jo'natdi.
"Ular Jervonta Devisdan Frensis Ngannuga qanday o'tishgan bo'lishi mumkin? Bu bemanilik-ku! Men juda dovdirab qoldim. Yo'q, og'ayni. Menga bunday hurmatsizlik qilma. Bu jang men uchun qiziq emas", - deya Ngannuning so'zlarini keltiradi X ijtimoiy tarmog'idagi Happy Punch akkaunti.

            Havola            :         
                    Manba                : championat.com
            
			
Fikrlar