So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

21 avg 18:18
Yangiliklar

Kurash

O'zDJTSU 65 yoshda! Ko'zguda milliy sport turlari, o'yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi

Milliy sport turlarimiz sanalgan kurash va belbog'li kurash ming yillardiki, ajdodlarimizdan bizga meros.

#UzDJTSU2020  #UzDJTSU_65_YOSHDA

Mazkur milliy sport turlari bilan bugun yuzlab, minglab o'g'il-qizlarimiz oshno bo'lishgan. Mashg'ulotlarga zo'r berib, xalqaro bellashuvlarda etakchilik qilishmoqda. Kattalar o'rtasidagi osiyo va jahon chempionatlari, xalqaro turnirlarda mamlakatimiz sharafi uchun ishtirok etayotgan terma jamoalarimiz azolarining ko'pchiligini  O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti bitiruvchilari va talabalari tashkil etadi.  Ularning muvaffaqiyatlarga erishishida universitetdagi ustozlarning ham mehnati tahsinga loyiq deb o'ylaymiz. SHunday ekan, biz navbatdagi mazkur sahifamizda universitetning milliy sport turlari, o'yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi faoliyati bilan tanishishga harakat qilamiz. 

Milliy sport turlari, o'yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi yakka kurash sport turlari nazariyasi va uslubiyati fakulteti tarkibiy qismi hisoblanib, 2018 yilda milliy va xalqaro kurash turlari nazariyasi uslubiyati kafedrasidan alohida kafedra sifatida ajralib chiqdi. Ayni paytda kafedraga docent  SHavkat aka Mirzaqulov  rahbarlik qiladi. Kafedrada bugun bir nafar professor, to'rtta docent, to'rtta pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktorlari, ikkita katta o'qituvchi va ettita o'qituvchilar uch yuz nafardan ortiq talabalarga mutaxassislik bo'yicha dars berishadi. 2018 yildan buyon kafedrada  ikki yuz nafardan ortiq kurash va belbog'li kurash yo'nalishlari bo'yicha trener-kadrlar tayyorlangan.

Universitet tomonidan o'tkaziladigan ilmiy – amaliy anjumanlarda kafedraning proffesor- o'qituvchilari hamda talabalari faol ishtirok etib kelishayotganiga guvoh bo'lishimiz mumkin.  

Kurashchi-talabalar shu paytga qadar universitet manejidagi maxsus kurash zalidan foydalanib kelishgan bo'lsa, keyingi  o'quv yilidan boshlab yangidan barpo etilgan, zamon talablariga mos, keng va yorug', barcha shart-sharoitlarga ega bo'lgan kurash markazida mashg'ulotlarga kirishadi. Kurashchilarning texnik va taktik jihatdan mahoratlarini oshirib borishda ushbu kurash markazi kerakli jihozlar bilan to'liq taminlangan.

Kafedraning hamkorlik aloqlari ham yaxshi yo'lga qo'yilgan. Hozirda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi, O'zbekiston kurash federaciyasi, oliy sport mahorati maktablari, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlari, bolalalar – o'smirlar sport maktablari bilan hamkorlik  davom etmoqda. Ushbu sport maktablarida talabalar mutaxassisliklari bo'yicha amaliyot o'tishadi. SHuningdek,  Vengriya belbog'li kurash federaciyasi, Janubiy Koreya kurash federaciyasi bilan hamkorlikda ishlar olib boriladi. Janubiy  koreyalik kurash bo'yicha mutaxassis Kim Ir Jun  kafedra o'qituvchisi sanaladi.

Talabalarning musobaqalardagi ishtirokini ham yuqori baholash mumkin. Ruslan Bo'riev, Erkin Qozoqov, Umar Bozorov, O'rol Sodiqov, Gavhar Xudoyqulovalar osiyo o'yinlarining kurash bo'yicha g'oliblari sanaladi. Bundan tashqari o'nlab kurashchi-talabalar kurash bo'yicha milliy terma jamoa tarkibida xalqaro musobaqalarning g'olib va sovrindorligini qo'lga kiritib, medallarga ega bo'lishgan. Belbog'li kurash bo'yicha SHaxzod Abdurahmonov, Anvarbek Rahimov, Nodir Ahatjonov, Mardon Kimsanov, Obidali Mavlonov, Gavharoy Mahmudova, Dilafro'z Mamajonova kabi bir qancha talabalar milliy terma jamoa safida xalqaro turnirlar, jahon chempionatlari, yopiq inshootlarda osiyo o'yinlarida ishtirok etib, g'olib sportchilar qatoridan  joy olishga muvaffaq bo'lishmoqda. 

Yuqorida takidlaganimizdek, talabalarning yuqori natijalarni qayd etishda kurash bo'yicha Mirjalol SHukurov, SHuhrat Keldiyorov, Baxtiyor Xoliqov, belbog'li kurash bo'yicha Doniyor Ahmadjonov, Zaylobiddin Ortiqov, Marufjon Qirg'izboev kabi malakali  trener – o'qituvchilar  mehnatining samarasi deyish mumkin.

SHavkat MIRZAQULOV, milliy sport turlari, o'yinlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri: 

- Universitetimiz rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Maxmudjon Rustamovich Boltabaev boshchiligida talim sifatini oshirish, talabalarning puxta bilim olishlari va malakali kadrlarni tayyorlash bo'yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, alohida kurash markazining barpo etilib, eng so'nggi rusmdagi jihozlar bilan taminglangan holda talabalarimiz ixtiyoriga topshirilishi bunga yaqqol misol bo'la oladi. Yangi o'quv yilidan boshlab ushbu majmuada ish boshlaymiz. Besh tashabbus doirasida shuningdek, yaqin atrofda istiqomat qilayotgan oilalar farzandlarini bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari uchun kurash va belbog'li kurash bo'yicha kichik yoshdagi bolalar uchun guruhlar ham tashkil etilgan. Karantin cheklovlari bekor qilingandan so'ng o'g'il-qizlar yana trener-o'qituvchilarimiz qo'l ostida mashg'ulotlarga zo'r berishadi. Bir so'z bilan aytganda, CHirchiq shahrining eng so'lim go'shalarida joylashagan oliy o'quv yurtimizda talabalarning tanlagan mutaxassisliklari bo'yicha bilim olib, malakali kadrlar bo'lib etishishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo etilmoqda.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi, o'z muxbirimiz 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing