So’nggi yangiliklar

13:37Усман Нурмагомедов Абу-Дабидаги қамоқхонада қандай шароитда сақланиши айтилди 0 12:53Дмитрий Бивол ўз юртидаги ва хориждаги баҳслар нимаси билан фарқ қилишини айтди 0 12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0

20 noy 12:17
Yangiliklar

Og'ir atletika

O'zDJTSU hamda Nepal og'ir atletika terma jamoasi o'rtasida Memorandum imzolandi

Sir emas, so'nggi yillarda o'zbek og'ir atletika maktabi sezilarli darajada yuksalishga erishdi.

O'zbekistondan Osiyo, jahon va Olimpiya o'yinlari chempionlari etishib chiqmoqda. Xorijiy mamlakat og'ir atletikachilari bizning polvonlar bilan hamkorlikda mashg'ulot olib borish, o'zaro tajriba almashish uchun yurtimizga kelishmoqda. Oxirgi 2-3 yillikda Turkiya, Belgiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Qatar, Avstraliya, Slovakiya, Qozog'iston va Turkmaniston terma jamoasi azolari o'quv-mashg'ulot olib borish uchun yurtimizga tashrif buyurdilar.

Ana shunday hamkorlik aloqalarining navbatdagisi og'ir atletika bo'yicha Nepal terma jamoasi vakillari bilan ham o'rnatildi. SHu kunlarda Nepal terma jamoasi yurtimizda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishmoqda. Ushbu yig'in doirasida, bugun O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Nepal  terma jamoasi o'rtasida hamkorlik memorandumini imzolash marosimi hamda  mastr-klas tashkil etildi.

Tashkil etilgan tadbirda O'zbekiston og'ir atletika federasiyasi vakillari, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Ilmiy ishlar va innovasiyalar bo'yicha prorektori, professor R.Matkarimov, professor-o'qituvchilar va talabalar, Nepal og'ir atletika terma jamoasi azolari, murabbiylar ishtirok etishdi. 

Nepal terma jamoasi murabbiyi Dinesh Bhusel esa O'zbekiston haqidagi taassurotlari haqida gapirdi. 

“To'g'risi, uchrashuv bunday saviyada tashkil etishini kutmagandim. O'quv-mashq mashg'ulotlari yuksak darajada o'tmoqda. Bizga barcha shart-sharoitlar yaratib berildi. O'zbekistonga kelganimdan xursandman. Mamlakatingizda insoniylik, mehr-oqibat birinchi o'ringa qo'yilar ekan” - dedi nepallik murabbiy.

Tadbir davomida O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Nepal og'ir atletika terma jamoasi o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Unga ko'ra, endi tomonlar birgalikda qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inlar olib boradilar, o'zaro fikr almashadilar. 

Uchrashuv yakunida Nepallik mehmonlar uchun esdalik sovg'alari taqdim etildi. So'ngra universitetning og'ir atletika zalida har ikki tomon sportchilari o'rtasida master-klass ko'rinishidagi o'rtoqlik bahslari tashkil qilindi. Unda atletlar o'z mahoratlarini namoyish etib, tajriba almashish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing