06 dek 17:01
Yangiliklar
Kurash

O'zDJTSU kurash zalida “Hokim kubogi” musobaqasi o'tkazildi
CHirchiq shahridagi O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining yangidan barpo etilgan kurash zalida 8 dekabr – Konistituciya kuni munosabati bilan belbog'li kurash bo'yicha 2001 yildan 2004 yilgacha tug'ilgan o'smirlar o'rtasida CHirchiq shahar hokimi kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.
CHirchiq shahar hokimligi, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi, CHirchiq shahar jismoniy tarbiya va sport bo'limi, CHirchiq shahar bolalar-o'smirlar sport maktabi, “Adolat” partiyasi CHirchiq shahar kengashi va boshqa hamkor tashkilotlar ko'magida tashkil etilgan mazkur musobaqada Toshkent viloyatining tuman va shaharlaridan 120 nafardan ortiq polvonlari ettita vazn toifasida g'oliblik uchun kurash olib borishdi.
Murosasiz o'tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga har bir vazn toifasiga ko'ra g'olib va sovrindor bo'lgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar