So’nggi yangiliklar

12:07"Биз айнан шу зарбани ишлагандик" - Сонг Ядонг нокаут ҳақида 0 11:40"Барселона" ҳимоячиси € 8,5 млн эвазига "Реал Сосьедад"га ўтди 0 11:13Двалишвили Нурмагомедовнинг мағлубиятига битта эмоджи билан муносабат билдирди 0 10:49Ҳумоюн билан жанг қилиши кутилган Мадраҳимов Тошкентга октагонга чиқади + ПОСТЕР 0 10:22Ислам Махачев Нурмагомедовнинг UFC`даги иккинчи мағлубияти ҳақида гапирди 0 09:57Ўзбекистон кубоги. Бугун яна иккита қизиқарли учрашув бор 0 09:23Lausanne Grand Slam 2026. Бугун оғир вазнли дзюдочиларимизга мухлислик қиламиз. Улар орасида Тўрабоев ҳам бор! 0 08:55Умар Нурмагомедов кечаги кутилмаган нокаутига илк бор изоҳ берди 0 08:26Жасурбек "Тайсон" Жўраев бир ҳафтадан кейин Тошкентда жанг қилади + ПОСТЕР 0 07:54"Интер Майами" "Монреаль"ни тор-мор этди. Мессидан покер 0 07:31Оғир вазн келажаги сифатида эътироф этилган Мозес Итаумани чуқур нокаутга учратишди 0 22:32Lausanne Grand Slam 2026. Ўзбекистон терма жамоаси иккинчи кунни ҳам медаль билан якунлади 0 21:11Шоҳсанам Шерзодова ва Нилуфар Зокирова жаҳон чемпионати кумуш медали совриндори 0 20:44Робиньонинг 18 ёшли ўғли "Женоа"га ўтмоқда 0 20:18UFC Fight Night 286 турнирининг бонуслари кимларга насиб этди? 0

29 fev 21:28
Yangiliklar

Og'ir atletika

O'zDJTSU talabalari og'ir atletika bo'yicha Turkiya, Slovakiya va Qirg'iziston sportchilariga master-klass ko'rsatishdi

Malumki, so'nggi yillarda o'zbek og'ir atletika maktabi sezilarli darajada yuksalishga erishdi.

O'zbekistondan Osiyo, jahon va Olimpiya o'yinlari chempionlari etishib chiqmoqda. Xorijiy mamlakat og'ir atletikachilari bizning polvonlar bilan hamkorlikda mashg'ulot olib borish, o'zaro tajriba almashish uchun yurtimizga kelishmoqda. Ayni kunlarda Turkiya, Slovakiya va Qirg'iziston terma jamoasi azolari yurtimizda o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishmoqda. 

Ushbu yig'in doirasida, bugun O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Turkiya, Slovakiya va Qirg'iziston terma jamoasi azolari hamda universitet sport klubi azolari, og'ir atletika terma jamoasi azosi hisoblangan talabalar ishtirokida ilmiy o'quv seminar va mastr-klass tashkil etildi.

Tashkil etilgan tadbirda O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi vakillari, universitetning professor - o'qituvchilari va talabalar, Turkiya, Slovakiya va Qirg'iziston terma jamoasi azolari hamda murabbiylari ishtirok etishdi. 

Tadbir davomida universitetning og'ir atletika zalida O'zbekiston, Turkiya, Slovakiya va Qirg'iziston sportchilari o'rtasida master-klass ko'rinishidagi o'rtoqlik bahslari tashkil qilindi. Unda atletlar o'z mahoratlarini namoyish etib, tajriba almashish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

O'zDJTSU matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing