27 apr 20:19
Yangiliklar

O'zDJTSUda belbog'li kurash bo'yicha turnir tashkil etildi
Universitetning Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan tashkil etilgan mazkur turnir belbog'li kurashni yoshlar orasida rivojlantirishga hissa qo'shgan faxriy professor Nurshin Jumatov xotirasiga bag'ishlandi.
Musobaqada 100 nafardan ziyod yoshlar o'z vazn toifalarida kuch sinashishdi. Kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.
Musobaqaning tantanali ochilish marosimida O'zDJTSU rektori Rashid Matkarimov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov hamda O'zDJTSU Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Nuriddin CHorshammievlar ishtirok etdi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar