So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

23 apr 11:55
Yangiliklar

Kurash, Tadbirlar

O'zDJTSUda kurash bo'yicha xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi

Teglar :  O'zDJTSU
O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida milliy qadriyatimiz hisoblangan kurash rivoj yo'lida yana bir tadbir o'tkazildi.

O'zbek milliy sporti — kurashning xalqaro nufuzini ilmiy va amaliy jihatdan mustahkamlashga qaratilgan “Kurash sportini rivojlantirishning nazariy-amaliy aspektlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning yalpi majlisi hamda kurash murabbiylariga xalqaro "B" toifali licenziya uchun mo'ljallangan “Uch oylik onlayn kurs”ning bir haftalik amaliy mashg'ulotlarining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Sport vazirligi, O'zDJTSU xususan, O'zDJTSUning Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi, Xalqaro kurash instituti va Xalqaro kurash associaciyasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda sohaning etakchi olimlari hamda 15 dan ortiq davlatdan 30 nafardan ziyod xorijiy mutaxassis ishtirok etdi.

Yuqori saviyada tashkil etilgan tadbir Sport vaziri o'rinbosari SHahrillo Mahmudovning kirish so'zi bilan ochildi. SHuningdek, marosimda Xalqaro kurash instituti rektori Habibulla Tojiev, O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti prorektori Eldor Rahmonov, Xalqaro kurash associaciyasi bosh kotibi Muhammad Rezo Nassiri, soha mutaxassislari, Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etib, kurashning global miqyosda ommalashuvi, murabbiylar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish masalalari yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Anjumanda sport sohasining etakchi olimlari bilan bir qatorda dunyoning 15 dan ortiq davlatidan tashrif buyurgan 30 nafardan ziyod xalqaro mutaxassislar ishtirok etmoqda va ular orasida kurash murabbiylari uchun tashkil etilgan “Uch oylik onlayn kurs”ning yakuniy bosqich qatnashchilari ham bor. 

Mazkur kurs murabbiylarning kasbiy salohiyatini oshirish, xalqaro standartlar asosida bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Anjuman yalpi majlisi doirasida mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan dolzarb va innovacion mavzularda maruzalar taqdim etildi. 

Jumladan, Koreya, Malta, Italiya va Xitoy Taypeyi kabi davlatlardan kelgan ekspertlar kurashning zamonaviy biomexanikasi, sportchilarning ruhiy va jismoniy holatini 3D texnologiyalar yordamida tahlil qilish, shuningdek, kurash pedagogikasining ijtimoiy ahamiyatiga oid ilmiy yondashuvlar haqida atroflicha malumot berdilar.

Kunning ikkinchi yarmida O'zDJTSU kurash zalida xalqaro kurash murabbiylari seminarining amaliy bosqichi boshlandi. Unda ishtirokchilar kurash usullarining to'g'ri bajarilish texnikasi bo'yicha xalqaro kurash associaciyasi bosh kotibi, IKA o'quv bo'limi boshlig'i Muhammad Reza Nassiri hamda xalqaro ekspertlar Ajmal Isaq Zai, SHuhrat Qurbonov va Feruz Bobomurodov tomonidan o'tkazilgan amaliy mashg'ulotlar orqali o'z bilim va tajribalarini yanada mustahkamlashdi. 

Takidlash joiz, mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman kurash sportini ilmiy asosda rivojlantirish, innovacion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, shuningdek, xalqaro hamkorlikni kengaytirishda muhim platforma vazifasini o'tamoqda.

Ayni paytda anjuman o'z ishini shubalarga bo'lingan holda davom ettirmoqda. Unda mutaxassislar tomonidan kurash sportini rivojlantirishning turli jihatlari, jumladan, tayyorgarlik jarayonlari, metodik yondashuvlar va zamonaviy texnologiyalar qo'llanilishiga oid masalalar chuqur muhokama qilinmoqda.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing