20 jan 15:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao: "Boksdagi sarguzashtlarim hali davom etishini isbotladim"
WBA Regular yo'nalishida jahon chempioni Menni Pakyao Edrien Bronerga qarshi jangdagi g'alabadan so'ng, faoliyatini yakunlash niyatida emasligini aytdi.
"Men Menni Pakyaoning boksdagi sarguzashtlari haliyam davom etayotganligini isbotladim. Buni Mattissega qarshi jangda ham isbotlagandim, bugun bu ishni yana bir marotaba amalga oshirdim. Men bundanda hujumkorroq jang namoyish etmoqchi edim, ammo murabbiy ehtiyotkorlikni yo'qotmay, qarshi hujumga etibor qaratishim kerakligini aytdi", - dedi Pakyao.
Eslatib o'tamiz, filippinlik bokschi bugun tongda Edrien Bronerga qarshi jang o'tkazdi va ochkolar bo'yicha g'alabaga erishdi.
Havola :
Manba : BoxingScene
Fikrlar