06 noy 12:15
Yangiliklar

Pakyao bugungi g'alabasi uchun qancha gonorar oladi?
Filippinlik 37 yoshli afsona o'zidan roppa-rosa 10 yoshga kichik bo'lgan raqibi, yarim o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni amerikalik Jessi Vargasni 118-109, 118-109, 114-113 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
Jangdan olinadigan umumiy daromad taxminan 19,5 million dollar bo'ladi. Bugungi mag'lubiyati uchun Vargas 2,8 million dollar gonorar oladi. Bu summa qo'shimcha to'lovlar evaziga biroz ko'proq ham bo'lishi mumkin.
Menni Pakyaoning ulushi esa taxminan 6,5 million dollar bo'lishi aytilmoqda. Bu esa filippinlik bokschining avvalgi janglariga nisbatan ancha kam gonorar sifatida qayd etiladi.
Pakyao so'nggi 14ta
jangi uchun 15 million dollardan kam haq olmagan. “Asr jangi” nomini olgan Floyd
Meyvezerga qarshi kechgan jangdan u 150 million dollar gonorar ishlab olgan edi.
Hozircha uning eng kam olgan gonorari 2008 yilning iyun oyiga to'g'ri keladi. O'shanda Pakyao Devid Diasni nokautga uchratgan bo'lib, yakunda 3 million dollar gonorarga ega bo'lgandi.
Fikrlar