19 iyu 15:51
Yangiliklar
Boks/MMA

"Pakyao faoliyatini yakunlamagunicha revansh talab qilaveraman"
Yarimo'rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Kit Turman (29-1, 22 KO) kamarini qaytarib olish uchun Menni Pakyaoga qarshi (62-2-7, 39 KO) revansh o'tkazish istagida.
"Hozir bu haqida gapirish qiyin. Lekin Pakyao qaysi jangda qatnashishni istayotganini bilmayman. Buning ahamiyati yo'q, u janglar Turman - Pakyao to'qnashuvi kabi tomoshabop bo'lmaydi.
Men kamarimni qaytib olmoqchiman. U mening kamarim va menga imkon berilishi kerak. Bu majburiy jang emas, ushbu holatda barchasi unga bog'liq. Lekin Pakyao faoliyatini yakunlamas ekan, undan revansh talab qilaveraman.
Mening orzuim bor edi - Errol Spensga qarshi jang qilib, uchta kamarni qo'lga kiritmoqchi edim", - dedi Turman.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar