06 noy 10:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao g'alaba qozondi, endi u 10 karra jahon chempioni!
Hozirgina AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida uzoq kutilgan professional boks kechasi yakunlandi.
Oqshomning markaziy jangida filippinlik 37 yoshli afsona Menni Pakyao yarim o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni amerikalik 27 yoshli Jessi Vargasga qarshi ringga ko'tarildi.
O'n ikki raundga
mo'ljallangan jang Pakyaoning to'liq ustunligida o'tdi va u raqibini ochkolar hisobiga
ko'ra mag'lubiyatga uchratdi. U endi 10 karra jahon chempioni.
Bundan tashqari, Pakyao Vargasga tegishli yarim o'rta vazn toifasidagi WBO chempionlik kamarini ham qo'lga kiritdi. Menni ilk bor 1998 yildan jahon chempioni bo'lgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar