03 jan 16:28
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao ham Meyvezerning jangiga munosabat bildirdi
Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezerning kuni kecha Yaponiyada o'tkazgan jangiga o'z munosabatini bildirdi.
Meyvezer Saitama shahrida yaponiyalik kikbokschi Tensin Nasukavani boks qoidalari asosida o'tkazilgan ko'rgazmali jangning birinchi raund ikkinchi daqiqasidayoq texnik nokautga uchratgan edi.
“Bu jangga Yangi yil hazili sifatida qaradim. Men Floyddan farqli ravishda gavdasi yirik, kamida o'zim kabi bokschilar bilan jang o'tkazaman. Nima demoqchi bo'lganimni bildingiz-a?”, - dedi Pakyao.
Eslatib o'tamiz, Menni ayni paytda AQSHning Los-Anjeles shahrida o'zining 19 yanvar kuniga belgilangan jangiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Filippinlik bokschi to'rtta vazn toifasida jahon chempioni Edrien Bronerga qarshi jangiga tayyorgarlik ko'ryapti.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar