20 iyu 20:49
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao hamda Turman o'rtasidagi superto'qnashuv O'zbekistonda jonli efirda namoyish etiladi
Toshkent vaqti bilan 21 iyul tongida Las-Vegasdagi MGM Grand arenasida yozning boks olamidagi eng muhim janglaridan biri bo'lib o'tadi.
Ringda afsonaviy Menni Pakyao va WBA yo'nalishi bo'yicha o'rta vazn chempioni Kit Turman o'zaro to'qnash kelishadi.
Mazkur jang WBA ning “yakka qiroli”ni aniqlab beradi. Bu boks jangini muxlislar UZREPORT TV telekanali orqali 21 iyul kuni erta tongda soat 7:30-8:00 atrofida jonli efirda tomosha qilishlari mumkin bo'ladi.
Havola :
Manba : UzReport
Fikrlar