04 jan 12:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao ikki jahon chempioniga "vyzov" tashladi
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida WBA yo'nalishi chempioni Menni Pakyao rejalari bilan o'rtoqlashdi.
Filippinlik bokschi engil vazn toifasida WBC yo'nalishi chempioni Mayki Garsiya hamda yarim o'rta vaznda IBF chempioni Errol Spens bilan jang o'tkazishga tayyor ekanligini malum qildi.
Etiborlisi, bu ikki jahon chempionlari 16 mart kuni AQSHning Arlington shahrida o'zaro birlashtiruvchi chempionlik jangida ringga ko'tarilishadi. Pakyao aynan ushbu jang g'olibi bilan ringda ro'baro' kelish istagida.
Eslatib o'tamiz, Pakyao o'zining navbatdagi jangini 19 yanvar kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida amerikalik Edrien Bronerga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Fikrlar