21 jan 10:06
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao kechagi g'alabasidan so'ng Meyvezerni revansh jangiga chaqirdi
Filippinlik afsonaviy bokschi Menni Pakyao amerikalik yana bir afsona, engilmas Floyd Meyvezerni revansh jangiga chorladi.
Kecha Pakyao Las-Vegas shahrida amerikalik Edrien Bronerni mag'lubiyatga uchratib, o'ziga tegishli bo'lgan chempionlik kamarini muvaffaqiyatli tarzda himoya qilgan edi. Jang yakunlanishi bilan Menni Floydni revansh jangiga taklif qildi.
“Agar haqiqatan ham Floy katta boksga qaytishni istasa, u bilan jang qilishga tayyorman”, - dedi Menni.
Kechagi jangni Meyvezer bevosita arenadan tomosha qildi. Floyd agar Pakyao g'alaba qozonadigan bo'lsa, ringga chiqib keyingi jangi aynan Menniga qarshi o'tkazilishini elon qilmoqchi edi. Lekin amalda bunday bo'lmadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar