09 noy 09:55
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao Lomachenko bilan jang qilishga tayyorligini malum qildi
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Menni Pakkyao (58-6-2, 38KO) ikki karra Olimpiada chempioni ukrainalik Vasiliy Lomachenko (6-1, 4KO) bilan jang o'tkazishga tayyor ekanligini malum qildi.
Ushbu jangni o'tkazish taklifi Top Rank promouterlik kompaniyasi rahbari Bob Arumga tegishli. Har ikki bokschi ham ushbu kompaniya mijozlari hisoblanishadi.
Lekin buning uchun Pakyao vazn tashlashi kerak. Boisi, Lomachenko 61,2 kg vazn (engil vazn) toifasida o'z janglarini o'tkazib kelyapti. Bu taklifga hozircha birgina filippinlik bokschi rozilik berdi.
Eslatib o'tamiz, Lomachenko o'zining navbatdagi jangini 26 noyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida Nikolas Uoltersga qarshi o'tkazadi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar