24 jan 12:47
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao Meyvezerga ilk mag'lubiyatni taqdim etmoqchi
Filippinlik bokschi Menni Pakyaoning murabbiyi Freddi Rouch shogirdining amerikalik engilmas Floyd Meyvezerga qarshi revansh jangini o'tkazish imkoniyati haqida gapirdi.
“Biz revansh jangining o'tkazilish tarafdorimiz. Birinchi jangda Menni o'zini yuz foiz namoyon qila olmadi. O'shanda uning elkasida jarohati bo'lib, yuz foiz harakat qilishga imkon bermagandi. Hozir vaziyat o'zgacha va Pakyao Meyvezerga ilk mag'lubiyatni taqdim etgan bokschiga aylanishi mumkin”, - dedi Rouch.
Eslatib o'tamiz, Pakyao o'tgan yakshanba tongida to'rtta vaznda jahon chempioni amerikalik Edrien Bronerni mag'lubiyatga uchratib, o'zining chempionlik kamarini himoya qilgandi. O'sha jangni Floyd bevosita ring yonida kuzatgandi.
Havola :
Fikrlar