23 iyu 12:42
Yangiliklar
Boks/MMA
Pakyao qaysi vaziyat jang taqdirini o'zgartirib yuborganini aytdi
WBA kamari sohibi Menni Pakyao sobiq chempioni Kit Turman ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikr bildirdi.
“Turmanning juda kuchli zarbalari bor. Men unga o'xshagan kuchli bokschi bilan avval jang qilmaganman. U jang qilishni bilar ekan. Uni mensimaslik yomon oqibatga olib kelishi aniq. Men aynan shu jang uchun juda qattiq mashg'ulot olib bordim. Bundan tashqari, uni birinchi raundda nokdaun qilishga erishdim, aynan shu vaziyat jang taqdirini o'zgartirib yubordi. Kit bu mag'lubiyatdan falokat yasashi shart emas. CHunki uning faoliyati hali oldinda”,-dedi filippinlik chempion.
Havola :
Manba : Boxing Scene
Fikrlar