08 apr 15:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao RIZIN promousheni bilan shartnoma imzoladi
Sakkiz vazn toifasida jahon chempioni Menni Pakyao Yaponiya aralash qoidalar ligasi - RIZIN bilan shartnoma imzoladi.
Ushbu promoushen Floyd Meyvezer hamda yaponiyalik kikblokschi Tenshin Nasukava o'rtasidagi boks jangini tashkil etgandi.
"Ayni paytda Filippindaman. Pakyao bilan shartnoma imzoladik. U RIZIN.15 turnirida ishtirok etadi. Lekin aynan qaysi rolda? Bunisini hozir ayta olmayman. Yaponiyaga qaytganimdan so'ng bu haqda batafsil malumot beriladi", - deya o'zining Tvitter sahifasida xabar qoldirgan RIZIN rahbari Nobuyuki Sakikabara.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar