27 iyu 15:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Pakyao - Turman jangi chiptalari Fyuri - SHvarc jangi chiptalaridan 8 barobar ko'p daromad keltirdi
Professional boksning yarim o'rta vazn toifasi WBA superchempionligiga o'tkazilgan Menni Pakyao va Kit Turman o'rtasidagi jang uchun chiqarilgan chiptalar savdosidan rekord darajada daromad olindi.
Nevada shtati Sport qo'mitasi bergan rasmiy malumotga ko'ra, savdoga 11 436 ta chipta chiqarilgan va 6 million 260 ming 275 dollarga sotilgan. Yana 1675 dona chipta bepul tarqatilgan. Barcha chiptalar sotib bo'lingan.
Taqqoslaydigan bo'lsak, bir oy oldin aynan Las-Vegasda o'tgan Tayson Fyuri hamda Tom SHvarc o'rtasidagi jangning chiptalar savdosi tashkilotchilarga 882 ming 145 dollar daromad keltirgandi. O'shanda 5489 ta chipta sotilgan, 1187 tasi esa bepul tarqatilgan edi.
Havola :
Fikrlar