11 iyu 13:09
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao Turmanga qarshi jangga tayyorgarlikning yakuniy bosqichini boshladi
Sakkiz vazn toifasida jahon chempioni Menni Pakyao amerikalik Kit Turmanga qarshi kechadigan jangga tayyorgarlikning yakuniy bosqich mashg'ulotlariga kirishdi.
Mashg'ulot bokschining vatanida o'tkazilmoqda. Filippinlik 40 yoshli Pakyao 15 iyun kuni AQSHning Los-Anjeles shahriga jo'nab ketadi. Turman - Pakyao chempionlik jangi 20 iyul kuni aynan Los-Anjelesda bo'lib o'tadi.
Xabarda keltirilishicha, Menni Pakyao olti raundlik sparring jangini o'tkazgan, to'rt raund davomida esa murabbiyi bilan “lapa”da, to'qqiz raund esa “soya”da ishligan. Mashg'ulotning qolgan uch kunida sakkiz raundlik sparringlar o'tkaziladi. Mennining raqibi Kit hozirda yarim o'rta vazn toifasida WBA chempioni bo'lib turibdi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar