06 jan 11:21
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao va Meyvezer o'rtasida revansh jangi o'tkazilishga yaqin
Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao hamda amerikalik engilmas bokschi Floyd Meyvezer o'rtasidagi revansh jangi o'tkazilishi mumkin.
Bu malumotni filippinlik jahon chempionining murabbiyi Freddi Rouch ham tasdiqladi.
“Meyvezer Pakyao shaniga nomaqbul gaplarni aytdi. Bu Menni tomonidan javobsiz qoldirilmaydi. Menimcha, Pakyao amerikalik Edrien Bronerga qarshi jangdan so'ng Floydni ringga chorlaydi. Katta ehtimol bilan revansh jangi bo'yicha kelishuvga erishiladi”, - dedi Rouch.
Eslatib o'tamiz, Floyd Meyvezer va Menni Pakyao o'rtasidagi ilk jang 2015 yilning 2 may kuni o'tkazilib, unda amerikalik bokschi ochkolar hisobiga ko'ra shubhali g'alabani qo'lga kiritgan edi. Pakyao 19 yanvar kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida Edrien Bronerga qarshi ringga chiqadi.
Havola :
Fikrlar