21 iyu 11:08
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao va Turman bugungi jangdan qancha gonorar ishlab olishdi?
Bir necha daqiqa avval AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahridagi MGM Grand arenasida yoz faslining eng muhim boks oqshomi yakunlandi.
Kechaning markaziy jangida sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni, filippinlik afsonaviy bokschi Menni Pakyao yarim o'rta vaznda WBA chempioni amerikalik Kit Turmanga qarshi ringga ko'tarildi va raqibini ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etdi.
WBA superchempioniga aylangan Pakyao bugungi jangi uchun kafolatlangan 10 million dollar miqdoridagi gonorarni qo'lga kiritdi. CHempionlik kamaridan mahrum bo'lgan va ilk mag'lubiyatini qabul qilib olgan Kit Turman esa 2,5 million dollarni o'z hisob raqamiga yozib qo'ydi. Hali bokschilar translyaciyalar tushumidan ham ulush olishadi.
Havola :
Fikrlar