04 noy 08:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao vs Vargas. Bokschilar o'zaro ko'z urishtirishdi
Ertaga AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida uzoq kutilgan professional boks kechasi bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangida filippinlik 37 yoshli afsona Menni Pakyao yarim o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni amerikalik 27 yoshli Jessi Vargasga qarshi ringga ko'tariladi.
Kecha bokschilar jang o'tkaziluvchi Las-Vegas shahrida ko'z urishtirish marosimida ishtirok etishdi. SHuningdek, Pakyao va Vargas ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etildi. Bugun bokschilarni tarozidan o'tkazish marosimi o'tkaziladi.
Havola :
Fikrlar