18 jan 10:17
Yangiliklar
Boks/MMA
Pakyao - Xorn bahsi 2017 yilda eng ko'p ko'rilgan jang bo'ldi
Filippinlik boks afsonasi, sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao hamda avstraliyalik Jeff Xorn o'rtasidagi chempionlik jangi ESPN telekanalida 2017 yilda eng ko'p tomosha qilingan boks jangi bo'ldi.
Avstraliyada o'tgan bu jangni televizor qarshisida 3 925 000 tomoshabin ko'rgan. Jervin Ansayas va Teiru Kinosita o'rtasidagi jangni esa 2 234 000 tomoshabin kuzatgan. Mazkur bahs Pakyaoning jangidan oldin o'tkazilgani bois shuncha teletomoshabinni to'play olgan.
Ikkinchi yarim engil vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Vasiliy Lomachenko hamda sobiq jahon chempioni Gilermo Rigondo o'rtasidagi jang esa reytingning uchinchi pog'onasidan o'rin oldi. Ushbu jang 2 million 144 ming teleauditoriya to'plagan.
Havola :
Fikrlar