11 jan 13:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyao - Xorn. Jang aniq o'tkaziladi, manzili esa nomalum
Filippinlik boks afsonasi Menni Pakyao (59-6-2, 38 KO) o'zining navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishi rasman malum bo'ldi.
PakMenning raqibi avstraliyalik 28 yoshli Jeff Xorn (16-0-1, 11 KO) bo'ladi. Bu bokschi WBO reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
Bugun tongda Pakyaoning
promouteri Bob Arum Los-Anjeles shahrida Xornning vakillari bilan muzokara o'tkazdi.
Yakunda tomonlar jangning o'tkazilishi yuzasidan kelishuvga erishishdi.
Katta ehtimol bilan mazkur
jang 22 aprel kuni Avstraliyaning Brisben shahrida o'tkaziladi. O'rtaga Pakyaoga tegishli WBO chempionlik kamari qo'yiladi.
Malumot uchun, Xorn o'zining so'nggi jangini dekabr oyida Ali Funekka (39-6-3, 31 KO) qarshi o'tkazib, raqibini nokautga uchratgandi. Pakyao esa 5 noyabr kuni Jessi Vargasni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar