14 dek 10:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyaoning kamarini tortib olgan Xorn WBO titulini himoya qildi
Professional boksning ikkinchi yarim o'rta vazn toifasida WBO yo'nalishi chempioni Jeff Xorn (18-0-1, 12 KO) ilk himoya jangini o'tkazdi.
Avstraliyalik jahon chempioni Brisben shahrida o'tgan boks oqshomida hamyurti Geri Korkoran (17-2, 7 KO)ga qarshi ringga ko'tarildi va raqibini 11-raundda texnik nokautga uchratdi. Bu bilan u ilk bor chempionlik kamarini himoya qildi.
Xorn shu yilning iyul oyida filippinlik afsonaviy
bokschi Menni Pakyaoni mag'lubiyatga uchratib, katta shov-shuv ko'targan edi. Jeff
kecha faoliyatidagi 18-g'alabasiga erishdi. Korkoran ikkinchi mag'lubiyatini qabul
qilib oldi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar