07 jan 12:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyaoning navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishi deyarli malum
Filippinlik boks afsonasi Menni Pakyao (59-6-2, 38 KO) o'zining navbatdagi jangini aprel oyida o'tkazadi.
Bokschiga yaqin manbalarning xabar berishicha, PakMenning raqibi avstraliyalik 28 yoshli Jeff Xorn (16-0-1, 11 KO) bo'ladi. Bu bokschi WBO reytingida ikkinchi o'rinni egallab turibdi.
10 yanvar kuni Pakyaoning promouteri Bob Arum Los-Anjeles shahrida Xornning vakillari bilan muzokara o'tkazadi. Agar tomonlar kelisha olishsa, ushbu jang Avstraliyaning Brisben shahrida o'tkaziladi.
Malumot uchun, Xorn o'zining so'nggi jangini dekabr oyida Ali Funekka (39-6-3, 31 KO) qarshi o'tkazib, raqibini nokautga uchratgandi. Pakyao esa 5 noyabr kuni Jessi Vargasni mag'lubiyatga uchratgan edi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar