06 apr 17:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyaoning qachon va kimga qarshi jang o'tkazishi malum bo'ldi
Taniqli bokschi Menni Pakyao navbatdagi jangini avstraliyalik Jeff Xornga qarshi o'tkazadi.
Ushbu jang 2-iyul kuni Brisbenda bo'lib o'tadi. To'qnashuvda Pakyaoning WBO o'rtaengil vazn toifasidagi kamari o'rtaga qo'yiladi.
Xorn bungacha professional ringda 16 ta g'alaba va 1 ta durang qayd etgan.
Avvalroq, filippinlik bokschi BAAda AmirXonga qarshi jang qilishi haqida xabar qilingandi. Biroq, ushbu jang bekor qilindi.
"Biz Ramazon sabab Xon bilan jang qila olmaymiz", - deydi Pakyaoning jamoadoshlaridan biri. Uning aytishicha AmirXonga qarshi jang oktyabr yoki noyabr oylarida o'tkazilishi mumkin.
Havola :
Manba : Boxingscene
Fikrlar