22 jan 10:53
Yangiliklar
Boks/MMA

Pakyaoning uyini o'g'ri urib ketdi FOTO
Filippinlik boks afsonasi Menni Pakyaoning uyiga o'g'ri tushdi.
Bu ko'ngilsiz voqea bokschining chempionlik jangida ringga ko'tarilgan kuni kechqurun ro'y berdi. Yarim o'rta vazn toifasida WBA chempioni bo'lib turgan 40 yoshli Pakyao 20 yanvar kuni Las-Vegas shahrida amerikalik Edrien Bronerni mag'lubiyatga uchratgan edi.
CHempionlik jangi yakunlanishi bilan Pakyaoning jamoadoshlariga bu haqda Filippin policiyasi xodimlari qo'ng'iroq qilib, xabar berishgan. ABS-CBN News xabariga ko'ra bosqinchilar uy eshigini buzib ichkariga kirishgan. Hozircha bokschining uyidan nimalar olib ketilgani haqida xabarlar yo'q.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar