11 sen 23:50
Yangiliklar
Qilichbozlik
Paola Pliego Instagram'da o'zbek tilida post qoldirdi + FOTO
Xabar berib o'tganimizdek, kecha Toshkentda qilichbozlik bo'yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati bo'lib o'tdi.
Unda oltin medalni hamyurtimiz Zaynab Dayibekova qo'lga kiritgan bo'lsa, kumush va bronza medallari mos ravishda "yangi hamyurtlarimiz" Yana Obvinceva va Paola Pliegoga nasib qildi.
Meksikadan terma jamoamiz safiga qo'shib olingan Paola Pliego ushbu muvaffaqiyatdan so'ng Instagram'dagi sahifasiga www.olamsport.com saytidan olingan suratni joylashtirdi "O'zbekiston uchun birinchi medalim" deb o'zbek tilida izoh qoldirdi.
Umid qilamizki, navbatdagi xalqaro musobaqalarda Paola O'zbekiston uchun oltin medalni taqdim etadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar