29 iyu 17:35
Yangiliklar
Velosport
Para velosport: O'zbekiston chempionati boshlandi
Bugun para velosport bo'yicha O'zbekiston chempionati start oldi.
Toshkent viloyatining CHirchiq-CHorvoq trassasida o'tkazilayotgan bu safargi mamlakat birinchiligida 70 ga yaqin para velosportchi qatnashmoqda.
1 iyulga qadar davom etadigan musobaqada sportchilar 7, 10, 15 va 20 km masofada o'tkaziladigan vaqt hamda guruh poygalarida g'oliblik uchun bahs olib boradi.
Ushbu O'zbekiston chempionatidan ko'zlangan asosiy maqsad – para velosport bo'yicha iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda ularni asosiy, zaxira va yoshlar terma jamoalariga jalb etishdan iborat.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar